Bugun
7
O'zbek

Valverde: "Ilk o'yindagi hayajon bizga qarshi ishladi"

Futbol
16 iyun, 01:00
Urugvay sardori Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Valverde: "Ilk o'yindagi hayajon bizga qarshi ishladi"
Foto: Getty Images
15.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni 1 : 1 Urugvay Urugvay

Urugvay milliy jamoasi sardori Federiko Valverde jahon chempionati guruh bosqichi 1-tur doirasidagi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin (1:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ikkinchi bo'limda intensivlikni oshirdik. Ilk o'yindagi hayajon bizga qarshi ishladi. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik va murabbiy talab qilgan ishlarni bajardik.

Sardor sifatida jamoa maydonda qilgan ishlaridan qoniqish hosil qildim. Ayniqsa, durangga erishish uchun nimalar qilganimizni ta'kidlamoqchiman.

Muxlislar qo'llab-quvvatlashi bizga katta kuch berdi va kelgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi o'yinda g'alaba qozonish uchun qattiq mehnat qilamiz", — dedi Valverde.

Ma'lumot o'rnida, Urugvay guruh bosqichi 2-turida Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  • Urugvay Urugvay
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar