Bugun
7
O'zbek

Renar Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi — manba

Futbol
15 iyun, 23:50
Tunisliklar mundial ilk turida Shvetsiyaga 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchragandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Renar Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi — manba
Foto: Getty Images
14.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Shvetsiya Shvetsiya 5 : 1 Tunis Tunis

Fransiyalik mutaxassis Erve Renar Tunis milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Romen Molina xabar berdi.

Jahon chempionati guruh bosqich ilk turida tunisliklar Shvetsiyaga 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchragandi. Ushbu natijadan so'ng Sabri Lyamushi lavozimidan ozod etilgandi.

Qayd etilishicha, milliy jamoa rahbariyati endi jahon chempionatidan keyin uchun ham mo'ljallangan keng qamrovli loyiha ustida ishlamoqda. Bu reja asosida Renar tez orada rasmiy ravishda jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

Ma'lumot o'rnida, Tunis milliy jamoasi navbatdagi o'yinini 21 iyun kuni Yaponiyaga qarshi o'tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Tunis Tunis
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar