Bugun
7
O'zbek

Ochoa: "Milliy jamoadagi davrim tugayotganini his qilarkanman, futbolda davom etish uchun ma'no ko'rmayapman"

Futbol
15 iyun, 22:45
Meksika darvozaboni ushbu jahon chempionatidan keyin faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Ochoa: "Milliy jamoadagi davrim tugayotganini his qilarkanman, futbolda davom etish uchun ma'no ko'rmayapman"
Foto: Getty Images

Meksika milliy jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa ushbu jahon chempionatidan keyin faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

«Meksika milliy jamoasi har doim mening yo'nalishim, ham faoliyatimda, ham hayotimda kompas bo'lib kelgan. Men o'z faoliyatimni milliy jamoasiz tasavvur qila olmayman. U bo'lmaganida qanday bo'lishini bilmayman.

Milliy jamoadagi davrim tugab borayotganini his qilarkanman, futbolda davom etish uchun ma'no ko'rmayapman. Davom etishga sabab ham yo'q.

Bu yerdagi har bir lahzadan zavq oldim. Maydonda borimni berdim. Men xotirjam qalb va baland ko'tarilgan bosh bilan futboldan ketayapman va bu yo'lni bosib o'tganimdan faxrlanaman», — dedi Ochoa ko'z yoshlarini tiya olmay.

Ma'lumot o'rnida, Gilermo faoliyati davomida «Ayachcho», «Malaga», «Granada», «Standard», «Amerika» va «Salernitana» kabi klublarida to'p tepgan. U Meksika milliy jamoasi safida 153 ta o'yin o'tkazgan bo'lib, bu ko'rsatkich tarixda uchinchi natija hisoblanadi.

Avvalroq Kasper Shmeyxel faoliyatini yakunlagani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Meksika Meksika
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar