Shotlandiyaning «Seltik» klubi hamda Daniya milliy jamoasi darvozaboni Kasper Shmeyxel professional faoliyatini yakunlaganini ma’lum қилди.
39 yoshli posbonning aytishicha, bunga yelkasidagi jiddiy jarohat sabab bo‘lgan.
«Yelkam bo‘yicha bir nechta jarroh va mutaxassislar bilan maslahatlashdim. Ular elit futbolga qaytishimga umid qilmaslik kerakligini aytishdi.
Men uzoq o‘yladim va hozir faoliyatni tugatish uchun eng to‘g‘ri vaqt deb qaror qildim», — dedi Shmeyxel.
Kasper Shmeyxel faoliyati davomida bir qator yirik muvaffaqiyatlarga erishgan.
U «Lester» safida 2015/16-yilgi mavsumda sensatsion tarzda APL chempioniga aylangan. Shuningdek, «Seltik» bilan Shotlandiya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Daniya milliy jamoasi tarkibida esa Yevro-2020 bronza medali sovrindori bo‘lgan.