Bugun
13
O'zbek

Potter: "Maydonda ishonchli harakat qildik. Haqli gʻalabaga erishdik"

Futbol
15 iyun, 04:04
Shvetsiya bosh murabbiyi Tunisga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Potter: "Maydonda ishonchli harakat qildik. Haqli gʻalabaga erishdik"
Фото: Getty Images
14.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Shvetsiya Shvetsiya 5 : 1 Tunis Tunis

Shvetsiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter jahon chempionati 1-turidan oʻrin olgan Tunisga (5:1) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

"Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan natija. Jamoaning ishonchli oʻyini, kiritilgan beshta gol. Fikrimcha, bundan ham koʻproq urishimiz mumkin edi.

Ishonch bilan aytaman, shogirdlarim maydonda ajoyib harakat qilishdi va haqiqatan ham gʻalaba qozonishdi. Raqib esa oʻzining yagona golini kutilmaganda yoʻq joydan urdi. Bizda hali ishlaydigan, kamchiliklarni toʻgʻirlaydigan jihatlar bor. Endi kuch yigʻib, navbatdagi oʻyinga tayyorgarlik koʻramiz", — deya mutaxassisning soʻzlarini keltiradi BBC Sport.

Maʼlumot uchun, Shvetsiya milliy jamoasi navbatdagi uchrashuvni Niderlandiyaga qarshi oʻtkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Tunis Tunis
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar