«Real» klubi yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga «Inter»ning qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «neradzurri» vakillari fransiyalik 23 yoshli futbolchi bo‘yicha so‘rov bilan murojaat qilishgan. Futbolchining agentlari bilan ham muzokara o‘tkazgan.
Biroq, transferning amalga oshish ehtimoli juda past, chunki yarimhimoyachining o‘zi Madridda qolish niyatida va hech qanday takliflarni ko‘rib chiqishni istamayapti.
Eduardo Kamavinganing narxi Transfermarkt portali tomonidan 50 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.