Live
1
O'zbek

Agent Bastonining Interdan hech qayerga ketmasligini ma’lum qildi

Futbol
10 iyun, 09:17
Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi agenti Tullio Tinti futbolchi jamoani tark etmoqchi emasligini ma’lum qildi
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Agent Bastonining Interdan hech qayerga ketmasligini ma’lum qildi
Foto: Gettyimages

«Inter» klubi himoyachisi Alessandro Bastonining agenti Tullio Tinti futbolchi Milanni tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi. Avvalroq futbolchiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirayotgani va Alessandro yangi mavsumni boshqa jamoada boshlashi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Tinti «Inter» qarorgohiga tashrif buyurdi va chorshanba kuni klub rahbariyati bilan uchrashuvdan keyin Bastonining kelajagi haqida gapirdi.

«Bastoni - «Inter» futbolchisi, u shu yerda qolishi aniq. Bunday futbolchi barcha yetakchi klublar qiziqishiga sabab bo‘lishi tabiiy va bu muammo emas. Hayotda nima bo‘lishini avvaldan bilib bo‘lmaydi, ammo hozir u juda ham baxtli va Milanni tark etmoqchi emas», - dedi Tinti Football Italia nashriga.

Yakuniga yetgan mavsumda himoyachi 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar