Live
1
O'zbek

"Inter" Mxitaryan bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Futbol
10 iyun, 08:15
Armanistonlik futbolchining maoshi kamayadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Inter" Mxitaryan bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images

"Inter" yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan bilan shartnomasini bir yilga uzaytirishga yaqin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

"Butun faoliyatim davomida men barcha masalalar bilan mustaqil ravishda shug'ullanadigan faqat bir nafar futbolchini uchratdim. U hamma narsada – maydonda, uning tashqarisida va o'z faoliyatini boshqarishda o'rtachadan yuqori. U "Inter"da qoladi. O'ylaymanki, kim haqida gapirayotganimni tushundingiz", – dedi "neradzurrilar" sport direktori Pero Auzilio.

Manbaga ko'ra, 37 yoshli Mxitaryan muzokaralarni agent ishtirokisiz va hech qanday alohida talablarisiz olib borgan.

Bundan tashqari, havbek amaldagi shartnomasiga nisbatan maoshining kamayishiga rozi bo'ldi, unga ko'ra futbolchi soliqlar to'langanidan keyin mavsum uchun taxminan 4 million yevro oladi.

"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu tajribali futbolchini kelasi mavsumda jamoaning muhim qismi deb hisoblab, uni saqlab qolishni shaxsan talab qilgan.

O'tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar