"Inter" himoyachisi Matteo Darmian jamoani tark etadi. Bu haqda jurnalist Gianluca Di Marzioning xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 36 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi shundan so'ng u jamoani rasmiy tark etadi.
Hozirda Darmian xizmatiga A Seriyaning bir nechta jamoalari qiziqmoqda. Dovogarliklar qatorda "Monza", "Venetsiya", "Udineze" va "Sassuolo" jamoalari bor.
Futbolchining o'zi kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelgani yo'q. Darmian faoliyatini davom ettirish variantini ham, professional faoliyatini yakunlash variantini ham ko'rib chiqmoqda.
Ma'lumot uchun, Matteo 2020 yildan buyon "Inter"da o'ynab kelayotgan edi. Bu vaqt davomida u A Seriya, Italiya kubogida zafar quchdi.