Bugun
22
O'zbek

Topuriya Geyjiga qarshi jang yakuniga yetgach oktagondan tibbiy aravachada olib ketildi

MMA
15 iyun, 02:00
U akasi hamrohligida oktagondan chiqdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Topuriya Geyjiga qarshi jang yakuniga yetgach oktagondan tibbiy aravachada olib ketildi
Foto: Getty Images

UFC engil vazn toifasining sobiq chempioni Iliya Topuriya UFC Freedom 250 turnirida Jastin Geyjiga qarshi mag'lubiyatdan so'ng darhol oktagondan olib chiqildi.

Jang to'rtinchi raunddan keyin texnik nokaut evaziga Geyjining g'alabasi bilan yakunlandi. Topuriya juda ko'p zarbalar qabul qilib olganidan keyin jangni davom ettira olmadi.

Xabar qilinishicha, shundan so'ng Topuriya tibbiy aravachada olib ketilgan. U akasi hamrohligida oktagondan chiqdi.

Ushbu jangdan so'ng Topuriya hisobida 17 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etildi. Jastinda esa 27 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat mavjud.

Bugungi yangiliklar