Braziliyalik sobiq futbolchi Kaka 2026 yildagi jahon chempionatida g'oliblik uchun kurashadigan jamoalarni sanab o'tdi.
«G'oliblikka da'vogar 4 jamoa? Fransiya, Ispaniya, Braziliya va Portugaliyani aytgan bo'lardim», — dedi 2007 yildagi «Oltin to'p» sohibi ESPN’ga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, Kakaning o'zi ham 2002 yilda Braziliya milliy jamoasi safida jahon chempionatida g'alaba qozongan. Ushbu muvaffaqiyat haligacha «pentakampionlar» uchun turnirdagi so'nggi chempionlik bo'lib qolmoqda.
Avvalroq Kaka Messi va Ronaldu o'rtasida tanlov amalga oshirgandi.