Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jahon chempionati guruh bosqich 2-tur doirasidagi Kot-d’Ivuarga qarshi bahs (2:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Xavfli bo'lmagan hujumdan gol o'tkazib yubordik. Lekin juda yaxshi javob qaytardik. Zaxiradan tushgan futbolchilar bilan faxrlanaman. Hamma juda yaxshi mehnat qildi.
Deniz Undav ikkita ajoyib gol urdi. U tug'ma to'pur, shubhasiz ikkita zo'r gol muallifi bo'ldi. G'alaba keltirgan gol esa shunchaki ajoyib edi.
Bugun har bir futbolchi o'zining jamoadagi o'rnini his qildi, bu g'alaba butun jamoa mehnati evaziga qo'lga kiritildi. Kurash oxirigacha davom etdi, bu tabiiy. Biz g'alaba qozonishni istagan edik", — dedi Nagelsmann.