Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem JCH-2026dagi ishtiroki va jamoa safida o‘ynashning o‘zi uchun qanchalik muhimligi haqida gapirdi.
«Real» futbolchisining ta’kidlashicha, davlat madhiyasi yangraydigan lahzalar uning uchun eng hissiyotlarga boy daqiqalardan biri hisoblanadi.
«Menimcha, madhiya kuylanayotgan payt seni shu darajaga yetib kelishingga yordam bergan insonlarni va ingliz bo‘lish nimani anglatishini his qiladigan so‘nggi lahzadir», — dedi Bellinghem.
Futbolchi bunday daqiqalarda marhum bobosini eslashini ham aytib o‘tdi.
«Angliya safidagi debyutimdan biroz oldin vafot etgan bobom haqida o‘ylayman. U juda vatanparvar inson edi. Shunday paytlarda albatta uni eslayman. Shuningdek, oilam va men shu yerga yetib kelishim uchun qilgan barcha qurbonliklari haqida ham o‘ylayman», — dedi u.
Bellinghem milliy jamoadagi roli haqida gapirar ekan, jamoaga har qanday vaziyatda foyda keltirishga tayyorligini ta’kidladi.
«Men to‘g‘ri yo‘ldaman va jamoaga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Asosiy tarkibda bo‘lamanmi yoki zaxiradan maydonga tushamanmi — buning farqi yo‘q. Maydonga chiqib, Angliya futbolkasini kiyganimda bor kuchimni beraman», — dedi yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya ilk turdan so‘ng o‘z guruhida peshqadam bo‘lib turibdi.