Angliya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand hozirda jamoada faqatgina 1 nafar jahon darajasidagi futbolchi borligini ta’kidladi.
«Harri Keyn — bizning jahon darajasidagi yagona futbolchi. Bu borada yana bir necha nafar futbolchimiz bor, ammo aynan hozir faqat bir nafar top futbolchimiz bor. Agar siz jahon darajasidagi, yetakchi o‘rinlarni egallaydigan va turli reytinglarda yuqori o‘rinlarda borayotgan futbolchi izlayotgan bo‘lsangiz, Angliyada bu aynan Keyn», — dedi Ferdinand o‘zining YouTube-kanalidagi podkastda.
Ma’lumot uchun, 17-iyun kuni Angliya milliy jamoasi JCH-2026 1-turida Xorvatiyani (4:2) mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu bahsda inglizlarning hujumchi va sardori bo‘lgan Keyn dubl rasmiylashtirishga muvaffaq bo‘ldi.