Live
1
O'zbek

Grimaldo 12 million yevro evaziga «Atletiko Madrid»ga o‘tish arafasida - Marca

Futbol
19 iyun, 10:03
Madrid klubi «Bayer» qanot himoyachisi transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Grimaldo 12 million yevro evaziga «Atletiko Madrid»ga o‘tish arafasida - Marca
Foto: Gettyimages

Madridning «Atletiko» klubi «Bayer» chap qanot himoyachisi Alehandro Grimaldo transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

«Matraschilar» 30 yoshli futbolchi uchun 12 mln yevro sarflaydi. Ta’kidlanishicha, ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar u qadar qiyin o‘tmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Grimaldo nemis klubi safida 2023-yil yozidan buyon harakat qiladi. O‘tgan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarni inobatga olganda 46 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Ispaniyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 20 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Bayer Bayer
Bugungi yangiliklar