Shvetsiya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Portugaliya yetakchisi Krishtianu Ronalduning JCH-2026 1-turi doirasida Kongo DRga qarshi bahsdagi (1:1) o‘yiniga baho berdi.
41 yoshli forvard ilk daqiqalardan maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qilganiga qaramay, samarali harakatlar amalga oshirmadi.
68-daqiqada hisob 1:1 bo‘lib turganida Ronalduning zarbasidan keyin to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi. Agarda Krishtianu mo‘ljalda adashmaganida, jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi. Biroq Ibrahimovichning fikriga ko‘ra, Ronaldu to‘pni qabul qilguniga qadar xato qilib bo‘lgandi hamda to‘pni Brunu Fernandeshga qoldirishi kerak edi.
«Odatda hujumchilar yaqin burchakdagi ustundan olis burchakdagi qarab harakatlanadi. Shunda forvard himoyachini o‘zi bilan olib ketadi va ortidagi jamoadoshiga bo‘sh hudud yaratib beradi. Shunday ekan, avval boshidan noto‘g‘ri qaror qabul qilgan eding, Krishtianu», — deya Ibrahimovich so‘zlaridan iqtibos keltirdi Fox Sports.
AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi. JCH-2026 Ronaldu uchun faoliyatidagi oltinchisi bo‘ldi. Keyingi turlarda portugaliyaliklar O‘zbekiston va Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.