Bugun
14
O'zbek

JCH-2026. O‘zbekiston milliy jamoasi ishtirokidagi o‘yin tomoshabinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Futbol
19 iyun, 09:31
Birinchi tur o‘yinlarini bevosita stadionlarda umumiy hisobda 1 572 584 tomoshabin kuzatib bordi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
JCH-2026. O‘zbekiston milliy jamoasi ishtirokidagi o‘yin tomoshabinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Foto: Gettyimages

Bu haqda Football Meets Data portali xabar berdi.

Portal mundial guruh bosqichining dastlabki 24 ta o‘yiniga tashrif buyurgan muxlislar haqida ma’lumot taqdim etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 1-tur bahslarini stadionlarda 1 572 584 tomoshabin kuzatib borgan.

Eng ko‘p tomoshabin musobaqa mezbonlaridan biri — Meksika milliy jamoasi hamda O‘zbekiston milliy jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarda qayd etildi. Birinchi tur doirasidagi O‘zbekiston — Kolumbiya bahsini stadionda 80 824 muxlis tomosha qildi. Bugungi kunga kelib, ushbu ko‘rsatkich Meksika — JAR o‘yini bilan bir qatorda turnir rekordi hisoblanadi.

E’tiboringizga muxlislar tashrifi bo‘yicha TOP-5 o‘yinni taqdim etamiz:

1–2. Meksika — JAR: 80 824 muxlis
1–2. O‘zbekiston — Kolumbiya: 80 824 muxlis
3. Braziliya — Marokash: 80 663 muxlis
4. Fransiya — Senegal: 80 545 muxlis
5. AQSH — Paragvay: 70 492 muxlis

Foto: Football Meets Data

Turdagi eng kam tomoshabin Gana — Panama bellashuvida kuzatildi. Ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun stadionga 42 942 muxlis tashrif buyurgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar