Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z lavozimidagi bosim haqida fikr bildirdi.
Avvalroq mutaxassisga mamlakat prezidenti Luis Inasio Lula da Silva bilan solishtirganda, qaysi birida bosim ko'proq ekani haqida savol berilgan.
«Rostini aytaman: milliy jamoani boshqarish — katta sharaf. Men bosimni his qilishga majburman.
Marokashga qarshi o'yindagi (1:1) natija unchalik yaxshi bo'lmadi, lekin biz vaziyatni konstruktiv tarzda tahlil qilishimiz kerak. Jahon chempionatini birinchi o'yindayoq yutib olinmaydi. Biz yechim topishimiz lozim.
Futbolchilar tomonidan o'z-o'zini tanqid qilish bo'ldi. Bu ijobiy. Keyingi kunlarda o'yindagi muammolar ustida ishladik. Menimcha, barchasi joyiga tushadi. Erta yoki kech yechim topamiz.
Hozir ham jamoamizning Jahon chempionatida raqobatbardosh bo'la olishiga ishonaman», — dedi Anchelotti Italiyaga qarshi ikkinchi tur o'yini oldidan matbuot anjumanida.
Anchelotti: «Jahon chempionatini bir o'yindayoq yutib bo'lmaydi. Bosimni his qilishga majburman»
Futbol
19 iyun, 02:40
Braziliya bosh murabbiyning fikricha, jamoa muammolar ustida ishlagan.
Foto: Getty Images
19.06.2026, 20:30
Jahon chempionati (JCH-2026)
Braziliya
-
:
-
Gaiti