Kyurasao milliy jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati-2026da ishtirok etishi orqali Ginness rekordlari Kitobiga kiritildi.
Shunday qilib, Kyurasao terma jamoasi jahon chempionatlari tarixida noyob yutuqqa erishdi va chempionatda ishtirok etayotgan eng kam aholi yashaydigan mamlakatga aylandi. Orol davlatining umumiy aholisi 156 115 kishini tashkil etadi. Bu futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etgan barcha mamlakatlar orasida eng kam aholi soni bo‘yicha rekorddir.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026dagi debyut o‘yinida Kyurasao milliy jamoasi Germaniyaga imkoniyatni boy berdi. Bahs 7:1 hisobida nemislar foydasiga hal bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Kyurasao 2-turda Toshkent vaqti bilan 21 iyun kuni tongda Ekvadorga qarshi maydonga tushadi.