Bu haqda Infobae onlayn nashri xabar bermoqda.
Boshlovchi Florensiya Penya Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messining o‘limi haqidagi yolg‘on ma’lumotdan so‘ng Argentinaning Luzu TV striming xizmatidan ishdan bo‘shatildi.
Avvalroq jurnalist Xorxening o‘limi haqida xabar bergan, keyinroq esa bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.
Ta’kidlab o‘tamiz, Penya yuz bergan voqea uchun Lioneldan uzr so‘ragan.

AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tayotgan JCH-2026 11 iyun kuni start oldi va 19-iyulgacha davom etadi.
Amaldagi chempion Argentina milliy jamoasi hisoblanadi. Messi va jamoadoshlari 2022-yil Qatardagi mundial finalida Fransiya milliy jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan edi.