Live
4
O'zbek

Oq uy ma’muriyati Eronning shikoyat qilishga tayyorligi haqidagi bayonotga munosabat bildirdi

Futbol
19 iyun, 07:29
Osiyo vakili uchun yaxshi yangilik yo‘q.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Oq uy ma’muriyati Eronning shikoyat qilishga tayyorligi haqidagi bayonotga munosabat bildirdi
Foto: Gettyimages

Oq uyning FIFA bo‘yicha maqsadli guruhi ijrochi direktori Endryu Juliani Eron futbol Federatsiyasining (FFIRI) Jahon chempionat-2026 2-turi doirasidagi Belgiyaga qarshi o‘yindan ikki kun avval (21 iyun) AQSHga uchish so‘rovi rad etilganidan norozi bo‘lgan bayonotiga munosabat bildirib o‘tdi.

Eron tomoni o‘z bayonotida FIFAga shikoyat qilish niyatini ta’kidlab o‘tgan. Juliani Eron milliy jamoasiga AQSH hududiga kirishga faqatgina bahsdan bir kun oldin ruxsat berilishini ta’kidladi.

«Jamoaga o‘yindan bir kun oldin kelishga ruxsat beriladi. O‘yin yakunlangach, jamoa delegatsiyasi o‘sha kuniyoq mamlakatni tark etish so‘raladi», - dedi Juliani CBS News telekanaliga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Eron Eron
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar