Bugun
14
O'zbek

«Real» Munosning «Osasuna»dan «Liverpul»ga transferidan 20 million yevro ishlab oladi — Romano

Futbol
19 iyun, 08:54
Madridliklar ispaniyalik futbolchi transferidan pul ishlab oladi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Real» Munosning «Osasuna»dan «Liverpul»ga transferidan 20 million yevro ishlab oladi — Romano
Foto: Gettyimages

Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

«Real» ispaniyalik vinger Viktor Munosning «Osasuna»dan «Liverpul»ga transferidan 20 mln yevro ishlab oladi. Avvalroq, ingliz klubi 22 yoshli futbolchi transferini e’lon qilgandi.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Liverpul» Munosning «Osasuna» bilan shartnomasidagi tovon puli bo‘yicha banddan foydalangan. Bitimda ko‘rsatilgan summa 40 mln yevroni tashkil qilgan. Insayderning yozishicha, bu pulning yarmi Madridning «Real» klubi hisobiga tushadi.

Qizig‘i, Viktor Munos «Barselona». «Real» yoshlar jamoalari tizimida Viktor 2021 yildagina paydo bo‘lgan.

O‘tgan mavsum futbolchi La Liga va Ispaniya Kubogi doirasidagi 36 o‘yinda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Osasuna Osasuna
  • Real Madrid Real Madrid
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar