Shveysariya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Yoan Manzambi Bosniya va Hersegovinaga (4:1) qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«Frayburg» aʼzosi sanalgan shveytsariyalik oʻyinchi JCh-2026ning 2-tur bahsda dubl qayd etdi. U 74 va 90-daqiqalarda gol urdi. Eʼtiborlisi, Manzambi maydonga 71-daqiqada zaxiradan tushirilgandi.
20 yosh 247 kunlik boʻlgan Yoan Jahon chempionatlari tarixida zaxiradan maydonga tushib, bir oʻyinda ikki gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Bu koʻrsatkich boʻyicha keyingi oʻrinlardan quyidagilar joy olgan:
Nelson Kuevas, Paragvay – Sloveniya qarshi JCh-2002da, 22 yosh 153 kun;
Kai Haverts, Germaniya – Kosta-Rikaga qarshi, JCh-2022da, 23 yosh 173 kun;
Andre Shyurrle, Germaniya – Braziliyaga qarshi, JCh-2014da, 23 yosh 244 kun;
Fernando Morientes, Ispaniya – Paragvayga qarshi JCh-2002da, 26 yosh 63 kun.
Manzambi — JCh tarixida zaxiradan tushib, dublga erishgan eng yosh futbolchi
MMA
19 iyun, 01:25
Shveytsariyalik yarimhimoyachi 2002 yildagi rekordni yangiladi.
Foto: Getty Images
18.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Shveytsariya
4
:
1
Bosniya va Gersegovina