Jahon chempionati 2-turida Shveytsariya milliy jamoasi Bosniya bilan kuch sinashdi.
Unda Murat Yakin jamoasi 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Manzambi dublga erishdi. Vargaz va Jaka ham bittadan gol urdi. Bosniyaning yagona goliga Mahmich mualliflik qildi.
Bosniyaliklar safida Tariq Muharemovich 80-daqiqada maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, Shveytsariya ikki o'yindan so'ng ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi. Bosniya hisobida esa bir ochko bor.
JCH-2026. 2-tur
Shveytsariya – Bosniya 4:1
Gollar: Manzambi 74, 90, Vargaz 84, Jaka 90+7 - Mahmich, 90+3.
Shveytsariya: Kobel, Vidmer, Elvedi, Akanji, Rodriges, Rider (Vargaz, 71), Ebisher (Sou, 71), Jaka, Froyle, Ndoj, Embolo.
Bosniya: Vasil, Dedich, Katich, Muharemovich, Kolashinats, Tahirovich, Memich, Alaybegovich (Mahmich, 90+1), Shunich, Demirovich (Lukich, 86), Jeko (Bazhrateravich, 64).
Chetlatish: Muharemovich 80.