Bugun
6
O'zbek

Van Hekke – "Tottenhem" futbolchisi

Futbol
18 iyun, 15:31
"Chaykalar" himoyachining keyingi ehtimoliy transferidan 20 foiz ulush oladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Van Hekke – "Tottenhem" futbolchisi
Фото: Tottenham

"Tottenhem" klubi himoyachi Yan Paul van Hekkening transferini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, niderlandiyalik 26 yoshli futbolchi "taqachilar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Avvalroq klub van Hekkening transferi uchun "Brayton"ga 52 million funt sterling to'lashi xabar qilingandi. Shuningdek, "chaykalar" himoyachining keyingi ehtimoliy transferidan 20 foiz ulush oladi.

Ma'lumot uchun, van Hekke 2020 yilning sentyabridan beri "Brayton" safida o'ynab kelayotgan edi. Bu davr mobaynida futbolchi barcha turnirlarda 131 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga to'rtta gol va oltita golli uzatma yozdirib qo'ygan.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, himoyachining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar