Bugun
7
O'zbek

Tonali APLda o‘ziga yangi klub tanladi — Romano

Futbol
16 iyun, 07:52
Italiyalik yarimhimoyachi faoliyatini Londonning «Tottenhem» klubida davom ettirishga qaror qilgan.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Tonali APLda o‘ziga yangi klub tanladi — Romano
Foto: Gettyimages

Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

«Nyukasl» klubining italiyalik yarimhimoyachisi Sandro Tonali shu yil yozdayoq Londonning «Tottenhem» klubi safiga ko‘chib o‘tishni istamoqda.

Insayderning xabariga ko‘ra, Tonaliga londonliklarning loyihasi ma’qul kelgan. Xavbek hamyurti Roberto De Zerbi qo‘l ostida to‘p tepishni juda ham qattiq istamoqda va faoliyatidagi yangi qadamni tashlashga tayyor. Biroq 26 yoshli yarimhimoyachini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Sababi «Nyukasl» u bilan xayrlashishga shoshilmayapti va transferdan kamida 98,6 mln yevro ishlab olmoqchi.

Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda Tonali barcha musobaqalarni inobatga olganda 53 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar