Live
1
O'zbek

Kapello: «Modrich «Milan»da qolishi kerak»

Futbol
16 iyun, 08:40
Mashhur mutaxassis xorvatiyalik futbolchini milanliklarning asosiy yetakchisi deb hisoblamoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kapello: «Modrich «Milan»da qolishi kerak»
Foto: Getty Images

Taniqli italiyalik murabbiy Fabio Kapello «Milan» rahbariyatini Luka Modrichni jamoada saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirdi.

Mutaxassisning fikricha, 40 yoshli xorvatiyalik yarimhimoyachi nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham jamoa uchun katta ahamiyatga ega.

«Luka Chempionlar ligasisiz ham jamoada qolishi kerak. U boshqalar uchun namuna, butun jamoa uchun mayoq hisoblanadi», — dedi Kapello PianetaMilan.it nashriga bergan intervyusida.

Italiyalik mutaxassis Modrichning tajribasi yangi murabbiy uchun ham muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.

«U murabbiyga katta yordam beradi. Modrich futbolchilardan qo‘shimcha imkoniyatlarni qanday chiqarishni yaxshi biladi. U haqiqiy yetakchi. Yangi «Milan» aynan u bilan birga qayta qurilishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi Kapello.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich o‘tgan yildan buyon «Milan» safida to‘p surmoqda. Tajribali yarimhimoyachi yoshiga qaramay, yuqori saviyadagi o‘yini va liderlik fazilatlari bilan jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar