O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun quvonarlisi, FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2-tur doirasida 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00da bo‘lib o‘tadigan Shotlandiya — Marokash bahsini boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Ma’lumot uchun, ilk turda Haitini mag‘lubiyatga uchratgan Shotlandiya guruhda yetakchilik qilmoqda, Marokash esa Braziliya bilan murosa ko‘chasini tanladi.
