Live
2
O'zbek

Murabbiylikka qadam bosgan Vagiz Galiulin: «To'g'risi, men uchun katta syurpriz bo'ldi»

Eksklyuziv
16 iyun, 10:05
U «Kattaqo'rg'on» klubida ish boshladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Murabbiylikka qadam bosgan Vagiz Galiulin: «To'g'risi, men uchun katta syurpriz bo'ldi»
Фото: Андижон ПФК

Proligada debyutini o'tkazayotgan Samarqandning «Kattaqo'rg'on» jamoasida yaqinda bosh murabbiy o'zgardi. Rossiyalik Yuriy Utkulbayev ushbu lavozimni egallagach, o'ziga yordamchi murabbiy sifatida Vagiz Galiulinni olib keldi.

Ha, bu nom o'zbek muxlislari uchun juda yaxshi tanish. O'z vaqtida O'zbekiston milliy jamoasi tarkibida to'p tepgan. Shuningdek, Rossiyaning bir qancha klublarida ham samarali faoliyat olib borganini zukko muxlislar yaxshi biladilar.
Endi Galiulin murabbiylikka qadam bosdi. Vagiz yurtimizga qaytib, «Kattaqo'rg'on»da ish boshlagach, Tribuna.uz jurnalisti u bilan uchrashdi.

- Yaqinda «Kattaqo'rg'on» murabbiylar shtabida ish boshlaganingizni eshitdik. Bu qanday sodir bo'ldi va o'zingizni murabbiy rolida qanday ko'ryapsiz?

- Murabbiylikka kirishishimni asosiy sababi, Yuriy Anvarovich Utkulbayev bo'ldi. U bilan Kazanda gaplashib turardik. Ilgari ko'p bor birga ishlaganmiz. Futbolchiga faoliyatini tugatganidan keyin biror joyda ish topishi oson bo'lmaydi. Yuriy Anvarovich menga ish chiqdi, sen o'zbekistonliksan va ko'p o'yinchilarni bilasan, men bilan ishlashni o'rganasan, deb aytdi. Men uning taklifini qabul qildim hamda ushbu klubga keldim. U yerda men o'rganyapman ham va yigitlarga yordam ham beryapman. Maydonda o'zim ham birga mashg'ulot qilyapman. Hozircha yo'qmoqda, o'rgangim kelmoqda. Parallel ravishda murabbiylik kurslarida o'qimoqchiman. Keyin hayot ko'rsatadi, nima bo'lishini.

- Futbolchilikni oxirgi qismini 2024 yilda «Andijon»da o'tkazgandingiz. Demak, shundan so'ng butsalarni mixga ilgansiz-a?

- Ha, «Andijon»dan keyin butsalarni mixga ildim. Lekin, bilasizmi, aynan «Andijon»ga kelganimdan juda xursand bo'lganman. Har doim u yerga qaytish ishtiyoqim bo'lgan. Muxlislar ham kutishardi. Andijonda o'zim uchun juda ko'p emotsiya oldim, Kubokni yutdik. Kollektiv, murabbiylar shtabi, hamma-hammaga rahmat aytaman.

- 2024 yilni «Andijon»da yakunlaganingizdan keyin oradagi shuncha vaqt davomida nima ish bilan mashg'ul bo'ldingiz?

- Sog'ligim bilan shug'ullandim. Bu birinchi o'rinda va eng asosiysi. Bu ishga taxminan yarim yilcha vaqt ketdi. Keyin oilam, farzandlarim bilan mashg'ul bo'ldim. Kattasi futbolchi, kichkinasi xokkeychi. Barcha e'tiborim va vaqtimni ularga sarfladim. Juda maza qildim.

- Endi siz yana footboldasiz va oldingidek faol ish jarayoniga qaytdingiz. Vagiz Galiulinni futbolchi sifatida bilardik. Endi Vagiz Galiulin murabbiy sifatida qanday?

- Hozircha bu borada nimadir ayta olmayman. Chunki bu sohani endi boshlayapman, o'rganyapman. Ayani paytda Vagiz Galiulin qanaqa murabbiyligini ayta olmayman. Bu sohani o'rganyapman. Dadam bilan ham doimiy ravishda gaplashib, yozishib turaman. Murabbiylik bo'yicha dadamdan ham ko'p maslahat va tavsiyalar olyapman. Hozircha murabbiylikda o'zimni qandaydir chizmam yo'q. Bu ishda o'qib, yanada chuqurroq kirib o'rganganimdan so'ng nimadir aytsam bo'ladi.

- «Kattaqo'rg'on»dan taklif bo'lishini, murabbiylikka o'tishingizni kutgandingizmi?

- To'g'risi, katta syurpriz bo'ldi. Kutmagandim. Shunaqa variant chiqib qoldi, men Yuriy Utkulbayev bilan oldin aytganimdek futbolchi sifatida ko'p ishlaganman. Meni yaxshi bilardi. Shu taklifni berganida ozgina o'yladim, keyin rozi bo'ldim. Yordam ham beraman, o'zim ham o'rganaman, menga ham tajriba bo'ladi. Murabbiy bo'lamanmi yoki bo'lmaymanmi, baribir bu hayotda tajribaga aylanadi. Bosh murabbiyga yordam berishga tayyorman. Hozir «Kattaqo'rg'on»damiz.

- Bu yil ushbu klub pro ligada debyutini o'tkazmoqda. Katta loyiha aylantirilgan. Tarkibida tajribali o'yinchilar yig'ilgan. «Kattaqo'rg'on»ga kelib, infratuzilmasi bilan tanishgach, sizda qanday taassurot uyg'otdi?

- Birinchi taassurotlar yaxshi. Muhimi, futbolchilar murabbiylar shtabining taktikasi, uslubini o'rganib boryapti. Yuzaga kelgan tanaffus bizga foyda bo'ldi. Shu vaqt ichida ko'proq taktika, jismoniy holatlar ustida ishlaymiz. Yigitlar yaxshi taassurot qoldirishyapti.

- Ikkinchi davrada jamoani imkoniyati qanday? Chunki Superligaga chiqish uchun «Aral», «Sho'rtan», «Metallurg» kabi jamoalar bilan raqobatlashyapti.

- Intriga ajoyib, jamoalar yaxshi. Hozircha imkoniyat bor va biz oxirigacha kurashamiz.

- Jahon chempionatiga muxlislik qilayotgan jamoalaringiz va O'zbekiston milliy jamoamizni imkoniyati haqida gap ketganda nimalarni ayta olasiz?

- Birinchi o'rinda O'zbekistonimizga muxlislik qilamiz. Favoritlar, menimcha, Fransiya hamda Portugaliya. Milliy jamoamizni imkoniyatiga kelsak, menimcha, guruhdan chiqishimiz mumkin. Raqiblar bilan o'ynasa bo'ladi. Nimaga, O'zbekiston milliy jamoamizni saviyasi ko'tarilgan. Bor kuchi bilan o'ynasa keyingi bosqichga chiqsa bo'ladi. Birinchi vazifa menimcha shu. Milliy jamoamizga omad tilayman!

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kattaqurgon Kattaqurgon
Bugungi yangiliklar