Live
3
O'zbek

Farioli «Napoli» bosh murabbiyi bo‘lishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Futbol
3 noyabr, 13:35
37 yoshli murabbiy hozirga qadar faoliyatini Italiyadan tashqarida olib borgan.
Farioli «Napoli» bosh murabbiyi bo‘lishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Фото: Getty Images
04.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi FC Porto FC Porto - : - Napoli Napoli

«Portu» bosh murabbiyi Franchesko Farioli Chempionlar ligasi 4-turi doirasida «Napoli»ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Avvalroq neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis italiyalik mutaxassisni jamoaga taklif qilishni istagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«De Laurentis mening muxlisimmi? «Napoli»ning menga bo‘lgan qiziqishi ancha oldin o‘z kuchini yo‘qotganmi? Agar shunday bo‘lsa, qo‘shimcha qiladigan gapim yo‘q... Kelajakda nima bo‘lishini kim biladi? Ko‘ramiz», — deya tabassum bilan javob berdi Farioli.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli murabbiy hozirga qadar faoliyatini Italiyadan tashqarida olib borgan va hali biror marta A Seriyasida ishlamagan. U o‘tgan mavsumda «Portu»ni Portugaliya chempionligiga olib chiqqan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Porto FC Porto
  • Napoli Napoli
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar