Live
2
O'zbek

Mourinyo Mastantuononing kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Futbol
16 iyun, 09:54
Yosh argentinalik hujumchi kelasi mavsumda ham «Real» safida qolishi kutilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Mourinyo Mastantuononing kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Franko Mastantuono katta ehtimol bilan kelasi mavsumni ham «qaymoqranglilar» safida o‘tkazadi. Bu haqda jurnalist Mario Kortegana xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yosh argentinalik futbolchining o‘yin uslubini yuqori baholamoqda va uning salohiyatiga ishonadi.

Shu sababli, avval muhokama qilingan ijara varianti hozircha kun tartibidan tushib qolgan. Portugaliyalik mutaxassis Mastantuoneni o‘z loyihasining bir qismi sifatida ko‘rmoqda.

18 yoshli hujumchi 2025 yilda Argentinaning «River Pleyt» klubidan 45 million yevro evaziga «Real» safiga kelib qo‘shilgandi.

Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda Mastantuono barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar