Bugun
7
O'zbek

Niko Pas «Real»ga qaytishni istamayapti: yarimhimoyachi yana bir mavsum «Komo»da qolmoqchi

Futbol
16 iyun, 07:50
Argentinalik futbolchi muntazam o‘yin amaliyotini afzal ko‘rmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Niko Pas «Real»ga qaytishni istamayapti: yarimhimoyachi yana bir mavsum «Komo»da qolmoqchi
Foto: Getty Images

«Real»ga tegishli bo‘lgan hujumkor yarimhimoyachi Niko Pas yana bir mavsumni Italiyaning «Komo» klubida o‘tkazmoqchi. Bu haqda ispan OAVlari xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi Madrid klubi rahbariyatiga «Komo» safida qolish istagini bildirgan.

Pas muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni va jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri sifatida rivojlanishni istamoqda. Bundan tashqari, «Komo» kelasi mavsum UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Bir necha hafta avval futbolchi va «Real» uning Madridga qaytish ehtimolini muhokama qilgan edi. Biroq Florentino Peresning qayta prezident etib saylanishi va Joze Mourinyoning bosh murabbiy etib tayinlanishi vaziyatni o‘zgartirdi.

Xabarlarga ko‘ra, har ikki tomon ham ayni paytda «Komo»da qolish futbolchi rivoji uchun eng to‘g‘ri qaror ekaniga rozi.

Shuningdek, Mourinyo Pasga o‘zi kutgan darajadagi o‘yin vaqtini kafolatlay olmagan.

2025/26 yilgi mavsumda argentinalik yarimhimoyachi A Seriyada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar