Live
1
O'zbek

Bernardu Silva «Real» bilan «2+1» shaklida shartnoma imzoladi — Romano

Futbol
16 iyun, 08:17
Portugaliyalik yulduz erkin agent sifatida Madrid klubiga qo‘shildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Bernardu Silva «Real» bilan «2+1» shaklida shartnoma imzoladi — Romano
Foto: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Bernardu Silva «Real» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi Madrid klubiga erkin agent maqomida qo‘shilgan va «2+1» shaklidagi bitimga imzo chekkan. Dastlabki shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Ayni paytda «Real» transferni rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, kelishuv allaqachon yakunlangani aytilmoqda.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p surib kelayotgandi. Shu davr mobaynida u «shaharliklar» bilan Angliya Premyer-ligasida olti marta chempion bo‘ldi hamda UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar