Bugun
7
O'zbek

«Chelsi» «Real» himoyachisini sotib olishi mumkin

Futbol
16 iyun, 07:27
London klubi Alvaro Karreras transferiga qiziqish bildirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Chelsi» «Real» himoyachisini sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Alvaro Karreras yozgi transfer oynasida «Chelsi»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Mark Kukurelyani o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin Karrerasni sotishga tayyor.

Qayd etilishicha, jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo chap qanot himoyasida Frank Garsiyani asosiy zaxira varianti sifatida ko‘rmoqda.

Shu sababli 23 yoshli ispaniyalik futbolchining transferiga ruxsat berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi»ni yozda Xabi Alonso qabul qilib oldi. Ispaniyalik mutaxassis avvalroq aynan «Real» tizimida faoliyat yuritgan edi.

Madrid klubi Karrerasni 2025 yil yozida «Benfika»dan 50 million yevro evaziga xarid qilgandi.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Agar transfer amalga oshsa, Karreras Angliya Premyer-ligasiga qaytishi va Xabi Alonso loyihasining muhim bo‘lagiga aylanishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar