Shotlandiya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Grem Suness Portugaliya yulduzi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirib, uni futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri deb atadi.
Sunessning aytishicha, u Ronalduni ilk bor 2003 yilda, 18 yoshida «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolagan paytda uchratgan.
«O‘sha paytda biz tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri bilan uchrashganimizni tasavvur ham qilmagandik», — deydi sobiq murabbiy.
Oradan 23 yil o‘tib, Ronaldu o‘zining oltinchi jahon chempionatida ishtirok etmoqda va hamon rekordlar sari intilmoqda.
«Uning yutuqlari hayratlanarli. Menimcha, Portugaliya ushbu turnirning asosiy favoritlaridan biri, balki g‘olibi ham bo‘lishi mumkin», — dedi Suness.
Mutaxassis Ronalduning fe’l-atvori haqida ham fikr bildirdi.
«Ba’zilar uni o‘ziga ortiqcha ishongan yoki haddan tashqari ambitsiyali deb aytishi mumkin. Balki bunda jon bordir. Ammo shuni unutmaslik kerakki, yuqori darajadagi futbolchilar orasida ego va o‘ziga ishonchsiz buyuk futbolchi bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi u.
Suness Ronalduni «haqiqiy gol mashinasi» deb atab, uni futbol tarixidagi eng buyuklar — Pele, Maradona va Lionel Messi qatorida ko‘rishini aytdi.
40 yoshli Krishtianu Ronaldu JCH-2026 uning faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lishi mumkin. Portugaliya esa turnirning asosiy da’vogarlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.