Bugun
7
O'zbek

«Real» bilan yangi shartnoma imzolagan Ryudiger fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Futbol
16 iyun, 08:08
Biroz avval germaniyalik himoyachi Madrid klubi bilan yangi bitim imzolagani rasman e’lon qilindi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Real» bilan yangi shartnoma imzolagan Ryudiger fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Foto: Gettyimages

Bu haqda «Real» o‘zining rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Yangi bitim 2027-yilgacha amal qiladi. Shartnoma imzolagach, Ryudiger fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Mening «Real»dagi yo‘lim yangilandi. Madrid g‘ururlanish uchun sabab, lekin yana bir narsa borki – jamoadoshlarim bilan vaziyatni o‘zgartirish. Hozir biz qiyin davrni boshdan o‘tkazyapmiz. Omadsizliklar yuz berdi, biroq men aynan shu yerda bo‘lishni istayman.

Jarohatlarimdan keyin balki ba’zi odamlar mendan voz kechgandir, ammo bu aksincha menga motivatsiya sifatida xizmat qildi. Shuning uchun – ulardan ham minnatdorman.

Meni yaxshi taniydiganlar biladiki, chaqiruvlarni xush ko‘raman – odatda ulardan g‘olib bo‘lib chiqaman. Oxirgi mavsum ancha og‘ir bo‘lgan bo‘lsa-da, jamoaga, vaziyatga bo‘lgan ishonchim zarracha ham yo‘qolmagan: biz birga turibmiz, birga kurashyapmiz va buni birga yengib o‘tamiz.

Hozir ayniqsa – har qachongidan ham ko‘proq. iHala Madrid!» – deb yozib qoldirdi Ryudiger o‘zining sahifasida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar