Madridning «Real» klubi o‘zining rasmiy sayti orqali germaniyalik himoyachi Antonio Ryudiger bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Tomonlar 2027-yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkanlar.
Eslatib o‘tamiz, Ryudiger 2022-yil yozda Londonning «Chelsi» klubidan Madridga ko‘chib o‘tgan edi.
Ta’kidlash kerak, o‘tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarni inobatga olganda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 9 mln yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Antonio faoliyati davomida «Chelsi»dan tashqari «Roma» va «Shtutgart» klublarida ham to‘p tepgan.