Bugun
7
O'zbek

Katulondi Kati «Navbahor»ni tark etdi

Futbol
16 iyun, 07:38
Namangan klubi kongolik hujumchi bilan o‘zaro kelishuv asosida xayrlashdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Katulondi Kati «Navbahor»ni tark etdi
Foto: Navbahor FK

«Navbahor» PFK ikkinchi davra oldidan tarkibda o‘zgarishlar davom etayotganini ma’lum qildi. Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hujumchi Katulondi Kati bilan hamkorlik yakunlandi.

Kongo DR vakili mavsum boshida namanganliklar safiga kelib qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida do‘stona ravishda xayrlashishga qaror qildi.

Katulondi Kati «Navbahor» safida jami 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 550 daqiqa harakat qildi. Uning hisobida 1 ta gol va 2 ta sariq kartochka mavjud.

Klub futbolchining jamoa safidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.

«Navbahor» ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytirish va jamoani yanada raqobatbardosh holatga keltirish ustida ishlamoqda. Yaqin kunlarda jamoa safida yangi transferlar ham e’lon qilinishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
Bugungi yangiliklar