Live
2
O'zbek

Eron futbolchisi ilk o‘yindan keyin AQSH vizasisiz qoldi

Futbol
16 iyun, 09:10
Mehdi Torabi mundial davomida viza muammosiga duch keldi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Eron futbolchisi ilk o‘yindan keyin AQSH vizasisiz qoldi
Foto: Getty Images
15.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Eron Eron 2 : 2 Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya

Eron milliy jamoasi hujumchisi Mehdi Torabining AQSH vizasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvdan so‘ng amal qilish muddatini yakunladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Eron futbol federatsiyasi futbolchi uchun yangi vizani tezkor tartibda rasmiylashtirish ustida ish olib bormoqda.

Gap shundaki, Eron terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining keyingi uchrashuvlarini yana AQSH hududida o‘tkazishi kerak.

Eronliklar mundialdagi ilk o‘yinida Yangi Zelandiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Endilikda jamoa Belgiya va Misrga qarshi bahslarda maydonga tushadi.

Xususan, Eron — Belgiya uchrashuvi 21 iyun kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Agar viza masalasi o‘z vaqtida hal etilmasa, Torabi jamoasining keyingi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda va turnir 19 iyul kuni final uchrashuvi bilan yakunlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Eron Eron
  • Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar