Ertaga O‘zbekiston milliy jamoamiz jahon chempionatidagi ilk turda Meksikada Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Tarixiy lahzalarga oz fursat qoldi. Nafaqat yurtimizda, balki Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo qit'alarida ham bosh jamoamizni faol qo‘llab-quvvatlamoqdalar.
Saytimiz orqali rossiyalik mutaxassislarning bosh jamoamiz haqidagi fikrlarini siz o‘quvchilarga taqdim etib kelmoqdamiz.
Ma'lumki, Rossiyadagi eng nufuzli sport nashrlaridan biri – "Sport Ekspress" ham bosh jamoamizni diqqat bilan kuzatyapti va qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu nashrning tajribali jurnalisti Konstantin Belov esa Tribuna.uzdagi hamkasbining bir qator savollariga javob qaytardi.
- Jahon chempionati ham boshlandi. Katta futbol forumini qanday qiziqish bilan kuzatyapsiz?
- Bir tomondan olib qaraganda, jahon chempionati - bu futbol bayrami. Lekin, tan olish kerak, ishtirokchilar soni ortishi bilan o‘rtamiyona darajadagi o‘yinlar soni ortdi (Avstriya - Iordaniya, Shotlandiya - Gaiti) va biz rossiyaliklar uchun milliy jamoamiz ishtirok etmayotganligi sababli musobaqani kuzatish og‘ir, albatta.
- Sizningcha, qaysi milliy jamoa chempionat favoriti hisoblanadi? Qaysi jamoa uchun muxlislik qilyapsiz?
- Ispaniya/Fransiya juftligini favorit hisoblayman. Ammo ko‘proq Fransiyaning imkoniyatini yuqori baholayman. Ularda barcha chiziqlarda zo‘r ijrochilar bor.
- Qaysi guruhni "o‘lim guruhi" deb hisoblaysiz?
- Nazariy jihatdan, ishtirokchilar soni ortishi va guruhdan 3-o‘rinni olganlarda ham pley-offga chiqish imkoniyati borligi uchun bu turnirda men uchun bunday guruhning o‘zi yo‘q.
- O‘zbekiston milliy jamoasidan nimani kutyapsiz?
- Jamoangizning hech bo‘lmaganda bitta bo‘lsa ham g‘alaba qozonishini juda ham istayapman. Mening nazarimda, O‘zbekiston nazariy jihatdan 3-4 ochko olishi mumkin.
- 1-turda Kolumbiyaga qarshi o‘ynaymiz. Ushbu raqib bilan taqqoslab, milliy jamoamiz haqida nima deya olgan bo‘lardingiz?
- O‘zbekiston uchun Kolumbiyaga qarshi bahsda ochko olish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida bu termangizga turnirni ko‘tarinki ruhda davom ettirish imkonini berib, uni murakkab vaziyatga tushib qolishdan asrashda qo‘l keladi.
- Fabio Kannavaro haqida nima deya olgan bo‘lardingiz?
- Fabio Kannavaroni ish yuritish tamoyillaridan bexabarman. Ammo, o‘ylaymanki, u hammasidan ko‘ra himoya chizig‘ini a'lo darajada yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa kerak.
- Qaysi milliy jamoalar syurpriz taqdim etishlari mumkin?
- Mana shunday jamoalardan biri O‘zbekiston bo‘lishidan umid qilaman. Shu bilan birga Janubiy Koreya bilan Yaponiyadan ko‘p narsa kutyapman.
- Milliy jamoamizning 26 nafar futbolchidan iborat tarkibini ko‘rdingizmi?
- Albatta, bundan xabarim bor. O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibidagi Shomurodov, Fayzullayev va Husanovlardan ko‘p narsa kutish mumkin. Yarimhimoya chizig‘idagi o‘yinchilar masalasida biror nima deya olishim qiyin. Qolaversa, ular Rossiyada unchalik taniqli emas.
"Sport Ekspress" muxbiri: "O‘zbekiston uchun Kolumbiyaga qarshi o‘yinda ochko olish nihoyatda muhim"
Eksklyuziv
17 iyun, 09:47
Uning fikricha, Ispaniya/Fransiya juftligini turnir favoriti.
Фото: СЭ
17.06.2026, 22:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
O‘zbekiston
-
:
-
Kolumbiya