Bugun
22
O'zbek

Ashurmatov: «Portugaliya hozir Ronaldusiz kuchliroq»

Futbol
17 iyun, 04:25
O‘zbekiston himoyachisi Portugaliya terma jamoasi va Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ashurmatov: «Portugaliya hozir Ronaldusiz kuchliroq»
Foto: Getty Images
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov jurnalistlar bilan suhbatda Portugaliya hamda uning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Menimcha, Portugaliya hozir Krishtianusiz kuchliroq. Uning asosiy tarkibda tushishini xohlaymanmi? Men uchun farqi yo‘q. Biz har ikki variantga ham tayyorlanamiz va qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilamiz», — dedi Ashurmatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DR jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Milliy jamoa mundialdagi tarixiy ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Portugaliya bilan bahs esa guruh bosqichining eng kutilayotgan uchrashuvlaridan biri bo‘lib turibdi. Unda Krishtianu Ronaldu ishtirok etadimi yoki yo‘q, bundan qat’i nazar, O‘zbekiston milliy jamoasi barcha ssenariylarga tayyor ekanini Ashurmatov alohida ta’kidladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar