Bugun
8
O'zbek

Brunu Fernandesh: «Ronalduning maqsadi — Portugaliyani jahon chempioniga aylantirish»

Futbol
17 iyun, 03:00
Portugaliya yarimhimoyachisi Krishtianu Ronalduning terma jamoadagi ahamiyati haqida gapirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Brunu Fernandesh: «Ronalduning maqsadi — Portugaliyani jahon chempioniga aylantirish»
Foto: Getty Images
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduning milliy jamoa uchun o‘rni va ta’siri haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz uchun Krishtianudek vatandosh, jamoadosh va bizni jahon chempionligi sari yetaklay oladigan futbolchiga ega bo‘lish katta sharaf», — dedi Fernandesh FIFAga bergan intervyusida.

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Ronaldudan har doim nimadir o‘rganish mumkinligini ta’kidladi.

«Menimcha, biz undan doimo nimadir o‘rganishimiz mumkin. U butun faoliyati davomida o‘zining matonati va xarakterini namoyish etib kelmoqda», — dedi portugaliyalik futbolchi.

Fernandeshning fikricha, Ronalduning asosiy kuchi uning g‘alaba qozonishga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqidadir.

«Unda g‘oliblik mentaliteti bor. U hech qachon erishgan natijasi bilan qanoatlanmaydi va doimo yanada ko‘prog‘iga intiladi. Biz ham uning faoliyatidan mana shu ijobiy fazilatlarni o‘rgandik», — deya qo‘shimcha qildi u.

Brunu Ronalduning 20 yildan ortiq vaqt davomida eng yuqori darajada o‘ynab kelayotganiga ham alohida e’tibor qaratdi.

«20 yil davomida yuqori saviyada o‘ynash uchun iste’dodning o‘zi yetarli emas. Buning uchun mehnat, intizom va kuchli xarakter ham kerak bo‘ladi», — dedi Fernandesh.

Yakunda yarimhimoyachi Ronalduning JCH-2026da ham Portugaliyaga yordam berishiga umid bildirdi.

«Men eng ko‘p uning jahon chempionatida ham bizga yordam berishini istayman. U doimgidek gollar urib, jamoamizni maqsadimizga yaqinlashtirishiga ishonaman», — deya yakunladi Brunu Fernandesh.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar