Live
1
O'zbek

JCh-2026. Messining xet-trigi Argentinaga yirik g‘alaba keltirdi

Futbol
16 iyun, 23:09
Argentina ilk turni Jazoir ustidan ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCh-2026. Messining xet-trigi Argentinaga yirik g‘alaba keltirdi
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 0 Jazoir Jazoir

Jahon chempionatining J guruhi 1-turida Argentina terma jamoasi Jazoirni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv qahramoni Lionel Messi bo‘lib, u xet-trik qayd etdi.

Messi 17-daqiqada Rodrigo de Paulning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. U 60-daqiqada dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, 76-daqiqada Nikolas Gonsales assistidan keyin uchinchi golini urdi.

Bundan tashqari, argentinalik afsonaning 5-daqiqadagi goli ofsayd sabab bekor qilindi.

Argentina keyingi turda 22 iyun kuni Avstriya bilan, Jazoir esa 23 iyun kuni Iordaniya bilan bahs olib boradi.

JCh-2026. 1-tur
Argentina — Jazoir 3:0
Gollar:
Messi 17, 60, 76.

Argentina: Emiliano Martines, Gonzalo Montyel (46' Naul Molina), Kristian Romero (80' Nikolas Pas), Lisandro Martines, Fakundo Medina, Rodrigo de Paul, Aleksis Mak Allister, Enso Fernandes, Tyago Almada (55' Niko Gonsales), Lionel Messi (80' Nikolas Otamendi), Lautaro Martines (55' Xulian Alvares).

Jazoir: Lyuka Zidan, Rafik Belgali, Aissa Mandi, Rami Bensebayni, Rayan Ait-Nuri, Hisham Budaoui (64' Hussem Auar), Nabil Bentaleb (82' Ramiz Zerrouki), Anis Hadj-Mussa (64' Mohamed Amura), Ibrohim Maza (82' Adel Bulebina), Fares Shaibi, Amin Guiri (64' Riyod Mahrez).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar