Live
2
O'zbek

Messi rekord haqida: «Ronaldo va Kloze bilan bir qator boʻlish — sharaf, ammo bu shunchaki statistikadir»

Futbol
17 iyun, 10:30
38 yoshli futbolchi mundiallarda urilgan gollar soni boʻyicha rekordni takrorladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Messi rekord haqida: «Ronaldo va Kloze bilan bir qator boʻlish — sharaf, ammo bu shunchaki statistikadir»
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 0 Jazoir Jazoir

Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixida Miroslav Klozening gollar boʻyicha rekordini takrorlagani haqidagi savolga javob berdi.

38 yoshli futbolchi JCH-2026 1-turidan oʻrin olgan Jazoirga (3:0) qarshi oʻyinda het-trik qayd etgandi.

Bellashuvdan keyin Leodan ushbu rekord u uchun qanchalik ahamiyatli ekani soʻraldi.

«Men uchun bu roʻyxatda boʻlish — katta sharaf, chunki bu — Kloze bilan bir qatorda turish degani. Ronaldo ham roʻyxatda, lekin menimcha, bu oʻzgacha bir narsa degani emas.

Kilian Mbappe ham yaqin, u Senegalga qarshi ikki gol urdi. Bu — statistika, xolos. Gap shundaki, men uchun ularning barchasi bilan raqobatlashish imkoniyati borligi — katta sharaf, lekin aslida bu unchalik muhim emas.

Ronaldo — men koʻrganlarim orasida eng buyuklardan biri edi, ammo roʻyxatda birinchi emas. Shuning uchun bu — faqat statistika»,
— deya Messining soʻzlarini keltiradi TyC Sports.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar