Lionel Messi JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi Jazoirga qarshi uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi va jahon chempionatlari tarixidan joy olgan yana bir rekordni takrorladi.
Argentina terma jamoasi hujumchisi uchinchi golini jarima maydoni chizig‘i yaqinida to‘pni qabul qilib, o‘zining an’anaviy chap oyog‘idagi aniq zarbasi bilan urdi. Jazoir darvozaboni Lyuka Zidan bu safar ham jamoasini qutqara olmadi.
Messi avvalroq 17 va 60-daqiqalarda ham raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, xet-trikni 76-daqiqada rasmiylashtirdi.
Ushbu gollar evaziga 39 yoshli argentinalik yulduz jahon chempionatlaridagi gollari sonini 16 taga yetkazdi va Germaniya afsonasi Miroslav Kloze bilan birgalikda mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Shu tariqa Messi braziliyalik Ronaldo Nazariodan ham o‘zib ketdi.
Bundan tashqari, «Inter Mayami» hujumchisi JCH-2026ning ilk xet-trigini qayd etib, turnir to‘purarlar poygasida ham yakka peshqadamga aylandi.
Futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri bo‘lgan Messi o‘z merosini yangi rekordlar bilan boyitishda davom etmoqda.