Live
2
O'zbek

Messi mundiallarda gol urgan milliy jamoalar sonini 11 taga yetkazib, yana bir rekordni o‘rnatdi

Futbol
17 iyun, 09:50
Argentina sardori mundial tarixida eng ko‘p turli raqiblarga gol urgan futbolchiga aylandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Messi mundiallarda gol urgan milliy jamoalar sonini 11 taga yetkazib, yana bir rekordni o‘rnatdi
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 0 Jazoir Jazoir

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatlari tarixidagi yana bir rekordni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

38 yoshli futbolchi JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Jazoir darvozasiga het-trik qayd etib, mundiallarda gol urgan milliy jamoalar sonini 11 taga yetkazdi.

Shu tariqa, Messi jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p turli raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord 10 ta jamoaga gol urgan Krishtianu Ronaldu, Yurgen Klinsmann va Miroslav Klozega tegishli edi.

Messi oltita jahon chempionatidagi ishtiroki davomida Serbiya va Chernogoriya, Bosniya va Gersegovina, Eron, Nigeriya, Avstraliya, Meksika, Saudiya Arabistoni, Xorvatiya, Fransiya, Niderlandiya hamda Jazoir jamoalari darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jazoirga qarshi het-trikdan so‘ng argentinalik afsona mundiallardagi gollari sonini 16 taga yetkazdi va Germaniyaning sobiq hujumchisi Miroslav Klozening rekordini takrorladi.

Messi navbatdagi golini uradigan bo‘lsa, jahon chempionatlari tarixining yakka eng yaxshi to‘purariga aylanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar