Live
2
O'zbek

Messi — Argentina safida JChda het-trik qayd etgan to'rtinchi futbolchi

Futbol
17 iyun, 08:50
«Albiseleste»ning bir futbolchisi ikki o'yinda bunga erishgan.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Messi — Argentina safida JChda het-trik qayd etgan to'rtinchi futbolchi
Foto: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 0 Jazoir Jazoir

Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safida JCH-2026 1-turidan oʻrin olgan Jazoirga (3:0) qarshi oʻyinda het-trik qayd etdi.

«Inter Mayami»ning 38 yoshli forvardi bu orqali Jahon chempionatlari tarixida het-trik qilgan «albiseleste»ning 4-futbolchisiga aylandi.

Bunga qadar Argentina safida mundialda het-trikka erishganlar quyidagilar:

Gonsalo Iguain — 2010 yilda Janubiy Koreyaga qarshi bahsda (4:1);

Gabriel Batistuta — 1998 yilda Yamaykaga qarshi (5:0) va 1994 yilda Gretsiyaga qarshi (4:0);

Gilyermo Stabile — 1930 yilda Meksikaga qarshi (6:3).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar