FIFA prezidenti Janni Infantino Lionel Messini Miroslav Klozening rekordini takrorlagani bilan tabrikladi.
Argentina milliy jamoasi hujumchisi JCH-2026 doirasidagi Jazoirga (3:0) qarshi oʻyinda het-trik qayd etdi. Endi uning hisobida mundialda 16 ta gol bor. Bu natija orqali u Germaniya milliy jamoasi sobiq forvardi — rekordchi Miroslav Klozega tenglashdi.
«Argentina bilan jahon chempioni bo‘lgan Lionel Messini mundiallardagi 16-goli va turnir tarixidagi eng ko‘p gol urish bo‘yicha Miroslav Klozening rekordini takrorlagani bilan tabriklayman!
Bu rekord sening vaqtga bo‘ysunmaydigan iqtidoringning yana bir isbotidir. Sen butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarga quvonch ulashishda davom etmoqdasan», — deb yozdi Infantino ijtimoiy tarmoqda.
«Bu rekord sening vaqtga bo‘ysunmaydigan iqtidoringning yana bir isbotidir» — Infantino Messini tabrikladi
Futbol
17 iyun, 12:05
FIFA prezidenti mundiallardagi gollar soni bo‘yicha Klozening natijasini takrorlagan argentinalik hujumchini maqtadi.
Foto: Getty Images
16.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Argentina
3
:
0
Jazoir