JCH-2026 J guruhi 1-turida Avstriya milliy jamoasi Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda hisob 20-daqiqada ochildi. Romano Shmid aniq zarba bilan avstriyaliklarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Iordaniya javob qaytardi. 50-daqiqada Ali Olvan hisobni tenglashtirdi.
Bahs taqdiri 76-daqiqada hal bo‘ldi. Iordaniya himoyachisi Yazan Al Arab o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va Avstriyani yana oldinga olib chiqdi.
Uchrashuvga yakuniy nuqtani 90+12-daqiqada Marko Arnautovich qo‘ydi. Tajribali hujumchi penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Keyingi turda Avstriya Argentina bilan bahs olib borsa, Iordaniya Jazoirga qarshi maydonga tushadi.
JCh-2026. 1-tur
Avstriya — Iordaniya 3:1
Gollar: Shmid 20 (1:0), Olvan 50 (1:1), Al Arab 76-avtogol (2:1), Arnautovich 90+12-penalti (3:1).
Avstriya: Aleksander Shlager, Shtefan Posh, Filipp Lienhart, David Alaba (59' Paul Vanner), Filipp Mvene (59' Karni Chukvuemeka), Nikolas Zayvald, Ksaver Shlager (59' Kevin Danso), Romano Shmid (83' Patrik Vimmer), Konrad Laymer, Marsel Zabitser, Sasha Kalaydjich (46' Marko Arnautovich).
Iordaniya: Yazid Abulayla, Abdalla Nasib (82' Saed Al Rosan), Yazan Al Arab, Mohammad Abu Alnadi (72' Salim Obaid), Ehsan Haddad (82' Mahmud Al Mardi), Muhanad Abu Taha, Ode Al Faxuri (88' Mohammad Al Davud), Nizar Al Rashdan, Nur Al Ravabdeh, Ali Olvan, Musa Al Tamari (88' Ali Al Azayzeh).