Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didiye Desham jahon chempionati-2026 guruh bosqichi 1-tur doirasidagi Senegalga qarshi bahsdan keyin (3:1) hujumchi Kilian Mbappe haqida gapirdi.
Ma’lumot uchun, o‘yinda Mbappe jamoasining ikkita goliga mualliflik qildi
«Nima bo‘lganda ham, u menga o‘rtoqlik o‘yinlarida gol urishni unchalik ham istamasligi aytdi. U jahon chempionati final bosqich bahslarida gol urishni istaydi, sababi ushbu gollarning o‘zgacha ahamiyati bor», - deya Desham so‘zlaridan iqtibos keltirdi BeFootball.
Senegal darvozasiga yo‘llangan gollardan keyin Mbappe milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Uning hisobida 99 o‘yinda 58 ta gol bor.
Eslatib o‘tamiz, 2-turda Fransiya milliy jamoasi 23 iyun kuni Iroq bilan bahs olib boradi, 3-turda esa — Norvegiya bilan (26 iyun).